Mars Token Factory

LLM modellariga bitta autentifikatsiyalangan shlyuz

Mars Token Factory — Mars-coin hamyoni bilan ishlovchi, OpenAI bilan mos LLM shlyuzi (gateway). OpenAI API bilan gaplasha oladigan har qanday asbob bitta endpoint orqali Mars modellariga murojaat qiladi. Har bir foydalanuvchining hamyoni Mars ID akkauntiga bog'langan.

Base URL — https://factory.marshub.uz/v1
Asoslar

Qanday ishlaydi

Har bir foydalanuvchida Mars-coin balansi bor. Har bir so'rov provayderdagi tokenlarning haqiqiy tannarxiga qarab balansdan coin yechadi; coin tugaganda so'rov rad etiladi. Bepul modellar 0 coin yechadi. API OpenAI bilan to'liq mos — mavjud SDK va asboblaringizni o'zgartirishsiz ishlatasiz.

Endpointlar

POST /v1/chat/completions — chat, streaming qo'llab-quvvatlanadi
GET /v1/models — mavjud modellar ro'yxati
GET /v1/me — profil va balans (balance_coins, spent_coins)
1000 : $1

1000 Mars-coin = provayderdagi $1 haqiqiy xarajat. So'rov narxi = tokenlar tannarxi × 1000, yuqoriga yaxlitlash, pulli so'rov uchun minimum 1 coin.

30 / min

Har bir foydalanuvchi uchun daqiqasiga 30 ta so'rov limiti. Oshirilsa, so'rovlar vaqtincha rad etiladi.

8192

Chiqish (output) tokenlarining standart cheklovi. Bundan ortiq so'ralgan so'rovlar shu chegaragacha qisqartiriladi.

Autentifikatsiya

Mars ID bilan bog'liqligi

Mars ID — boshqa Mars xizmatlaridagi kabi yagona login (Telegram, @marshubbot orqali). Hamyon Mars ID akkauntingizga bog'langan — barcha asboblar bo'yicha xarajatlar bitta balansdan yechiladi. Token Factory ikki xil avtorizatsiyani qabul qiladi:

API kalit mk_…

Shaxsiy API kaliti — tashqi (uchinchi tomon) asboblarni (Cursor, Continue, Cline, o'z skriptingiz) ulash uchun. Mars ID orqali kirgandan keyin beriladi va akkaunt hamda hamyoningizga bog'lanadi. Har bir foydalanuvchida bitta aktiv kalit; uni qayta chiqarish mumkin.

Mars ID sessiya

Veb-oqim (web flow) uchun — kirish sahifasi shu usuldan foydalanadi. Brauzerda Mars ID orqali kirasiz, sahifa sizning uchun mk_-kalit chiqaradi.

Kalitni qanday olish

Brauzerda mcode.marshub.uz/key sahifasiga kiring → Mars ID orqali kirasiz → sizga bog'langan mk_-kalit chiqariladi. Shu kalitni nusxalab, asbobingizning sozlamalariga qo'ying.

Terminalda mcode auth login aynan shu brauzer-kirishni ochadi va kalit CLI'ga avtomatik tushadi.

Modellar

Mavjud modellar

So'rovdagi model maydoniga quyidagi aliaslardan birini yozasiz. Pulli modellar har safar tokenlarning haqiqiy tannarxiga qarab coin yechadi (qat'iy belgilangan coin narxi yo'q), bepul modellar esa 0 coin.

Alias (model) Asosida Vazifa Narx
mars-code Anthropic Claude Sonnet 4.5 Kuchli agent-baseline; kod va loyihalar ustida real ish uchun. pulli
mars-deepseek DeepSeek V4-Pro Flagman reasoning/agent model, Sonnet'dan arzon. pulli
~$0.44/M in · ~$0.87/M out
mars-think DeepSeek V3 Arzon ishchi model (~0.75–0.80 Sonnet sifati kodda), nativ tool calls. pulli
mars-deepseek-flash DeepSeek V4-Flash Arzon tier; mexanik/hajmli vazifalar va sub-agentlar uchun. pulli
$0.14/M in · $0.28/M out
mars-glm GLM-4.6 (Z.AI) Uzun tool-zanjirlarida barqaror. pulli
mars-coder Qwen3-Coder 480B Kod va agent vazifalari bo'yicha mutaxassis. pulli
mars-mini Google Gemini 2.5 Flash Ishonchli, "qutidan chiqib ishlaydi". bepul
0 coin
mars-free Google Gemini 2.5 Flash-Lite Eng arzon/tez; sub-agentlar va fallback uchun. bepul
0 coin

Eslatma

Bepul va yengil modellar murakkab vazifalarda (masalan, katta kodni tahlil qilishda) xato qilishi yoki ma'lumotni o'ylab topishi mumkin. Jiddiy ish uchun mars-code yoki mars-deepseek ni tanlang.

Ulanish

Asboblaringizga qanday ulash

1. mcode (terminal / desktop)

Mars ID orqali kiring, so'ng modelni tanlang. Modelni -m (yoki --model) bayrog'i bilan beriladi, yoki konfiguratsiyadagi model kaliti orqali. TUI ichida ham model tanlash menyusi bor.

# Mars ID bilan kirish — kalit avtomatik tushadi mcode auth login # bir martalik so'rov, kerakli modelni tanlab mcode run -m mars-code "Bu funksiyaga test yoz" # mavjud modellar ro'yxati / kim sifatida kirilgan mcode models mcode auth status

2. OpenAI-mos har qanday asbob (Cursor, Continue, Cline, o'z skriptingiz)

Asbobning sozlamalarida uchta narsani ko'rsating. Kalitni mcode.marshub.uz/key sahifasidan oling.

Base URL : https://factory.marshub.uz/v1 API Key : mk_… (sizning kalitingiz) Model : mars-code # yoki yuqoridagi aliaslardan biri

3. curl

curl https://factory.marshub.uz/v1/chat/completions \ -H "Authorization: Bearer mk_SIZNING_KALITINGIZ" \ -H "Content-Type: application/json" \ -d '{"model":"mars-code","messages":[{"role":"user","content":"Salom"}]}'

4. Python (openai SDK)

from openai import OpenAI client = OpenAI(base_url="https://factory.marshub.uz/v1", api_key="mk_SIZNING_KALITINGIZ") r = client.chat.completions.create( model="mars-code", messages=[{"role": "user", "content": "Salom"}], ) print(r.choices[0].message.content)

Balansni tekshirish

curl -H "Authorization: Bearer mk_…" https://factory.marshub.uz/v1/me
Coin to'ldirish va yordam

Coin tugasa

Coin tugaganda so'rovlar rad etiladi. Balansni to'ldirish, kirish yoki kalit bilan bog'liq savollar uchun Mars mentori yoki administratoriga murojaat qiling, yoki guruhga yozing.