Sen — bizning birinchi yangi developer-tester'imizsan. Bu sahifa shu uchun yozildi: mcode.exe faylini ochishdan oldin nima qilish kerakligini, va nega bu xavfsizligini tushuntirish uchun.
Mars Code (qisqacha mcode) — bu AI coding agent. Cursor yoki GitHub Copilot kabi, lekin terminal'da ishlaydi. Sen unga so'z bilan vazifa berasan ("python'da kalkulyator yoz") — u esa fayllarni o'zi yaratadi, tahrirlaydi, ishga tushiradi.
Bu Mars IT School o'quvchilari va o'qituvchilari uchun maxsus to'plangan versiya: kuchli AI-modellarga arzon yo'l beradi, sening yoshing va bilim darajangga moslashadi, va kod yozish bilan birga o'rgatadi.
Sen — uni birinchi sinab ko'ruvchisan. Hali Windows'da hech kim ishga tushirmagan. Shuning uchun ba'zi joylarda buzilishi mumkin — bu normal, biz aynan shuni bilmoqchimiz.
Asosiy savol: "Bu virus emasmi?" — Yo'q. Lekin Windows shu haqida ogohlantiradi, va sen bu ogohlantirishni tushunishing kerak.
Windows'da mcode.exe ni birinchi marta ochganda, ko'k oyna chiqadi:
Bu "virus topildi" degani EMAS. Bu shunchaki "men bu fayl'ni tanimayman" degani. SmartScreen ikki narsaga qaraydi:
Ikkalasi ham yo'q bo'lsa — SmartScreen ogohlantiradi. Hatto haqiqiy, ochiq kod, professional dasturlar ham birinchi vaqtda shu oynani ko'rsatadi.
Muhim narsa: bu ko'k oyna faqat mcode.exe ni Explorer'da ikki marta bosib ochganingda chiqadi. Agar shu faylni PowerShell (terminal) orqali ishga tushirsang — ogohlantirish umuman chiqmaydi. Shuning uchun tavsiyamiz shu:
mcode.exe joylashgan papkaga o't.\mcode.exe deb yozib Enter bosHech qanday ogohlantirish oynasi chiqmaydi. Windows fayl'ni terminal orqali ochishni Explorer'dagi "ikki marta bosish"dan boshqacha, ishonchliroq usul deb hisoblaydi.
Desktop dasturni o'rnatayotgan bo'lsang yoki mcode.exe'ni Explorer'da ikki marta bosgan bo'lsang — yuqoridagi ko'k oyna chiqishi mumkin. Bu normal holat — yangi, hali ozchilik yuklab olgan dastur uchun standart ogohlantirish. Bu faylingda virus bor degani emas.
1. Yuridik shaxs. Mars Code'ni "ООО MARS IT SCHOOL" kompaniyasi yaratdi.
3089221042. Ochiq kod. Mars Code — sst/opencode (MIT litsenziya) fork'i. Bizning o'zgarishlar — git.marshub.uz/mars/mcode da yotadi. Har qanday Mars o'qituvchi yoki ota-ona ko'rib chiqishi mumkin.
3. Fayl haqiqiyligi (SHA256). Senga yuborilgan bayariy fayllarning xeshlari:
0f0e93e50b85a74d9afd6adca6c26342f932330006a12c8fcefbf3092ec665ad1a3cf40229b73b16e9afb8c21032f3bab32e2fec90d4d7642ae0e63d1b4de33056131038eb89c1d6a5cd99bc11bc748b53fc6f097407ca920ad3fd56b7b9a5359daffc48f727ba10f58cffc8ca3718e42af4320a04941ff0a17aecccaf42d77dWindows (PowerShell):
Get-FileHash .\mcode.exe -Algorithm SHA256
Linux / macOS:
shasum -a 256 mcode
Chiqqan qiymat tepadagi bilan bir xil bo'lsa — fayl yo'lda buzilmagan/almashtirilmagan.
4. VirusTotal tekshiruvi. Istasan virustotal.com ga kirib, mcode.exe fayl'ni yukla. U fayl'ni 70+ antivirus dvigateli orqali tekshiradi va natijani ko'rsatadi. Bu bepul va anonim.
O'z platformangni tanla:
⬇ mcode.exe yuklab olish (Windows x64)
Yuklangandan keyin mcode.exe ni biror joyga ko'chir. Tavsiya etamiz:
C:\Users\<sening-ismi>\mcode\mcode.exe
Yangi mcode papkasini yarat va fayl'ni o'sha yerga qo'y. Desktop'da qoldirma — yo'qotib qo'yasan.
⬇ mcode yuklab olish (macOS arm64)
Yoki terminal'da bir qatorda:
curl -fsSL https://mcode.marshub.uz/mac-arm64/mcode -o mcode && chmod +x mcode && ./mcode
Birinchi marta ochganda macOS "cannot be opened because the developer cannot be verified" deydi. Yechim: System Settings → Privacy & Security → pastda "Open Anyway". Yoki terminal'da: xattr -d com.apple.quarantine ./mcode.
⬇ mcode yuklab olish (macOS x64)
curl -fsSL https://mcode.marshub.uz/mac-x64/mcode -o mcode && chmod +x mcode && ./mcode
⬇ mcode yuklab olish (Linux x64)
curl -fsSL https://mcode.marshub.uz/linux/mcode -o mcode && chmod +x mcode && ./mcode
Linux/macOS'da SmartScreen yo'q — to'g'ridan-to'g'ri ishlaydi. Quyidagi 3.2–3.4 bo'limlari Windows'ga oid; macOS/Linux'da to'g'ri papkadan ./mcode --version qilib o'tib ket.
mcode.exe'ni ikki marta bosish o'rniga, uni to'g'ridan-to'g'ri PowerShell (Windows'ning terminal'i) orqali ishga tushiramiz — shunda 2-bo'limda aytilgan ko'k ogohlantirish oynasi umuman chiqmaydi.
cd $HOME\mcode
Hozir to'g'ri papkadamisan, tekshir:
ls
mcode.exe ko'rinishi kerak.
.\mcode.exe --version
Versiya raqami chiqsa (masalan 0.1.x) — hammasi joyida, va ogohlantirish oynasi chiqmagan bo'lishi kerak. Agar baribir "Windows protected your PC" chiqsa — 2-bo'limdagi "Agar baribir ikki marta bossang" qadamlarini bajar (bir marta kerak bo'ladi, xolos). Agar boshqa xato chiqsa — screenshot olib menga jo'nat.
.\mcode.exe run "make a python hello world script"
Nima ko'rasan:
hello.py fayl'ni yaratishni so'raydi — y bosls qilib tekshir.python hello.py → Hello, World!Hech qanday argument bermay:
.\mcode.exe
Interaktiv terminal interfeysi ochiladi. U yerda chat kabi yozishing mumkin: "menga JavaScript'da soatlar yaratuvchi kod yoz", "bu fayl'da xato bormi tekshir", va h.k. Chiqish: Ctrl+C.
$HOME\mcode mos keladi). Hujjatlaring borligida ishlatma.
Mars Code o'zining LLM-gateway'iga ulanadi (factory.marshub.uz). Senda 5000 Mars coin turibdi — bu taxminan $5. Bu o'rganish uchun yetadi.
Model'ni tanlash:
.\mcode.exe --model mars/mars-free run "explain what is recursion"
Sinov paytida bepul model'lardan boshla. Coin tugab qolsa qaytib chuqurroq sinash qiyin bo'ladi.
Sen hozir kod yozmaysan. Sening vazifang:
OS: Windows 10 / 11
SmartScreen chiqdimi: ha / yo'q
"Run anyway" ishladimi: ha / yo'q
--version chiqdimi: ha / yo'q (nima yozildi)
run "..." komandasi ishladimi: ha / yo'q
TUI rejim ochildimi: ha / yo'q
Qiyin bo'lgan joy: ...
Tushunmagan xabar: ...
Screenshot (agar xato bo'lsa): ...
Hisobotni Telegram'da Ruslan'ga yubor.