Mars Codeyangi tester uchun qo'llanma
v0.1 · early access

Salom! Mars Code'ga xush kelibsiz.

Sen — bizning birinchi yangi developer-tester'imizsan. Bu sahifa shu uchun yozildi: mcode.exe faylini ochishdan oldin nima qilish kerakligini, va nega bu xavfsizligini tushuntirish uchun.

Tezkor savol bormi?
Ushbu sahifani to'liq ko'chirib o'zingning AI-agent'ingga (ChatGPT, Claude, Gemini) ber — u senga har bir qadamda yordam beradi. Mars Code'ning o'zi ham AI-agent, lekin u haqida keyinroq.

1Mars Code nima?

Mars Code (qisqacha mcode) — bu AI coding agent. Cursor yoki GitHub Copilot kabi, lekin terminal'da ishlaydi. Sen unga so'z bilan vazifa berasan ("python'da kalkulyator yoz") — u esa fayllarni o'zi yaratadi, tahrirlaydi, ishga tushiradi.

Bu Mars IT School o'quvchilari va o'qituvchilari uchun maxsus to'plangan versiya: kuchli AI-modellarga arzon yo'l beradi, sening yoshing va bilim darajangga moslashadi, va kod yozish bilan birga o'rgatadi.

Sen — uni birinchi sinab ko'ruvchisan. Hali Windows'da hech kim ishga tushirmagan. Shuning uchun ba'zi joylarda buzilishi mumkin — bu normal, biz aynan shuni bilmoqchimiz.

2Nima uchun bu xavfsiz

Asosiy savol: "Bu virus emasmi?" — Yo'q. Lekin Windows shu haqida ogohlantiradi, va sen bu ogohlantirishni tushunishing kerak.

SmartScreen — bu nima?

Windows'da mcode.exe ni birinchi marta ochganda, ko'k oyna chiqadi:

┌────────────────────────────────────────────────┐ │ Windows protected your PC │ │ │ │ Microsoft Defender SmartScreen prevented │ │ an unrecognized app from starting. │ │ │ │ App: mcode.exe │ │ Publisher: Unknown publisher │ │ │ │ [ More info ] [ Don't run ] │ └────────────────────────────────────────────────┘

Bu "virus topildi" degani EMAS. Bu shunchaki "men bu fayl'ni tanimayman" degani. SmartScreen ikki narsaga qaraydi:

Ikkalasi ham yo'q bo'lsa — SmartScreen ogohlantiradi. Hatto haqiqiy, ochiq kod, professional dasturlar ham birinchi vaqtda shu oynani ko'rsatadi.

Nima qilish kerak

  1. Ogohlantirish oynasida "More info" ni bos
  2. Ostida yangi tugma chiqadi: "Run anyway" — uni bos
  3. Tamom. Endi mcode.exe ishga tushadi.

Nima uchun bizga ishonish mumkin (trust signals)

1. Yuridik shaxs. Mars Code'ni "ООО MARS IT SCHOOL" kompaniyasi yaratdi.

2. Ochiq kod. Mars Code — sst/opencode (MIT litsenziya) fork'i. Bizning o'zgarishlar — git.marshub.uz/mars/mcode da yotadi. Har qanday Mars o'qituvchi yoki ota-ona ko'rib chiqishi mumkin.

3. Fayl haqiqiyligi (SHA256). Senga yuborilgan bayariy fayl'ning xeshi:

91530d0930a8656d043f98399266b897283359974f2e85134dc107b59d373d45

Hajmi: 142 MB. Sana: 2026-05-13.

PowerShell'da tekshir:

Get-FileHash .\mcode.exe -Algorithm SHA256

Chiqqan qiymat tepadagi bilan bir xil bo'lsa — fayl yo'lda buzilmagan/almashtirilmagan.

4. VirusTotal tekshiruvi. Istasan virustotal.com ga kirib, mcode.exe fayl'ni yukla. U fayl'ni 70+ antivirus dvigateli orqali tekshiradi va natijani ko'rsatadi. Bu bepul va anonim.

3O'rnatish — qadam-baqadam

3.1. Yuklab olish

⬇ mcode.exe ni yuklab olish (Windows x64, 142 MB)

Yuklangandan keyin mcode.exe ni biror joyga ko'chir. Tavsiya etamiz:

C:\Users\<sening-ismi>\mcode\mcode.exe

Yangi mcode papkasini yarat va fayl'ni o'sha yerga qo'y. Desktop'da qoldirma — yo'qotib qo'yasan.

3.2. Birinchi ishga tushirish

Fayl'ni ikki marta bos. Yuqorida tushuntirilgan SmartScreen oynasi chiqadi:

  1. More infoRun anyway
  2. Qora oyna (CMD/terminal) bir soniyaga ochiladi va yopiladi. Bu normal — chunki fayl'ni argumentlarsiz qo'shgansan.

3.3. PowerShell'ni ochish

Endi PowerShell kerak — bu Windows'ning terminal'i.

  1. Win tugmasini bos
  2. "PowerShell" yoz
  3. Windows PowerShell ni bos (admin kerak emas)

3.4. mcode papkasiga o'tish

cd $HOME\mcode

Hozir to'g'ri papkadamisan, tekshir:

ls

mcode.exe ko'rinishi kerak.

3.5. Versiyani tekshir

.\mcode.exe --version

Versiya raqami chiqsa (masalan 0.1.x) — hammasi joyida. Agar xato chiqsa — screenshot olib menga jo'nat.

4Birinchi marta sinab ko'rish

4.1. Oddiy buyruq — bir martalik (run mode)

.\mcode.exe run "make a python hello world script"

Nima ko'rasan:

4.2. Suhbat rejimi (TUI)

Hech qanday argument bermay:

.\mcode.exe

Interaktiv terminal interfeysi ochiladi. U yerda chat kabi yozishing mumkin: "menga JavaScript'da soatlar yaratuvchi kod yoz", "bu fayl'da xato bormi tekshir", va h.k. Chiqish: Ctrl+C.

Diqqat: agent fayl'larni o'zi yaratadi va o'chirishi mumkin. Faqat sinov papkasida ishlat ($HOME\mcode mos keladi). Hujjatlaring borligida ishlatma.

5Modellar va balans

Mars Code o'zining LLM-gateway'iga ulanadi (factory.marshub.uz). Senda 5000 Mars coin turibdi — bu taxminan $5. Bu o'rganish uchun yetadi.

mars-thinkDeepSeek V3 · pullik
Default. Arzon, kuchli, agentlar uchun yaxshi.
mars-codeSonnet 4.5 · pullik
Premium. Antropic'ning eng yaxshisi. Coin tezroq yeydi.
mars-glmGLM-4.6 · pullik
Sonnet-darajasi, arzon. \"Think\" rejimi bilan.
mars-coderQwen3-Coder 480B · pullik
Specialist. Faqat kod uchun trenirovka qilingan.
mars-miniGemini Flash · bepul
Coin yemaydi. Tezroq, soddaroq.
mars-freeGemini Flash-Lite · bepul
Eng arzon. Sinov uchun ideal.

Model'ni tanlash:

.\mcode.exe --model mars/mars-free run "explain what is recursion"

Sinov paytida bepul model'lardan boshla. Coin tugab qolsa qaytib chuqurroq sinash qiyin bo'ladi.

6Sening vazifang

Sen hozir kod yozmaysan. Sening vazifang:

  1. O'rnat (yuqoridagi 3-qadam)
  2. 1–2 marta sinab ko'r (4-qadam)
  3. Menga qisqa hisobot yuborib qo'y

Hisobot shabloni

OS: Windows 10 / 11
SmartScreen chiqdimi: ha / yo'q
"Run anyway" ishladimi: ha / yo'q
--version chiqdimi: ha / yo'q (nima yozildi)
run "..." komandasi ishladimi: ha / yo'q
TUI rejim ochildimi: ha / yo'q

Qiyin bo'lgan joy: ...
Tushunmagan xabar: ...
Screenshot (agar xato bo'lsa): ...

Hisobotni Telegram'da Ruslan'ga yubor.

7Yordam kerak bo'lsa